Янгиликлар
Янгиликлар
2024-06-22
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning Mehnat huquqlari taʼminlanishi va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi prinsipiga qaʼtiy rioya etilishi qonun bilan himoyalanadi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida: “Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek, ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega” ekanligi belgilab qo’yilgan.
Bu borada eng avvalo, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining
127-moddasiga asosan ishga qabul qilish ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtirilishi va buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos boʻlishi belgilangan.
Amaliyotdagi tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, bugungi kunda ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishchi xodimlarni ishga qabul qilish bilan bog’liq qonun buzilishiga duch kelinmoqda. Ayniqsa, bunday holatlar xizmat ko’rsatish, ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligi sohalarida yuqori darajada.
Aytish mumkinki, joriy yilning yanvar-may oylarida 15 ming 131 ta korxona oʻrganilganda, 200 mingdan ortiq nolegal ishchilar aniqlangan. Bu albatta, kichkina raqamlar emas. Shundan 58 ming 588 nafar ishchilar legallashtirildi. Shuni koʻrsatmoqdaki, korxona rahbarlarini hanuzgacha fuqarolarning mehnat muhofazasi bilan bogʻliq tartiblarini to’g’ri tushunib yetmaganligidan ddalolat.
Bundan tashqari, Sizning bu xatti-harakatingiz “xufyona iqtisodiyot” ning rivojlanishiga olib keladi.
Ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan mehnat qonunchilgi talablarini to’liq bajarmaslik oqibatida ishchi xodimlarning quyidagi asosiy huquqlaridan mahrum etilishiga sabab bo’lmoqda:
- Mehnat stajiga ega bo‘lmaslik va pensiya tayinlanmaslik;
- Noqulay mehnat sharoitlariga duch kelish;
- Bola parvarishi, homiladorlik, tibbiy va mehnat taʼtili pullaridan mahrum bo‘lish;
- Uy, mashina yoki boshqa ehtiyojlar uchun kredit ololmaslik;
- O‘zgaruvchan oylik maosh, mehnat ta'tilisiz faoliyat va boshqalar.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxona va tashkilotingizga ishga qabul qilinayotgan ishchi xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzishingiz hamda ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida buyruq bilan rasmiylashtirishingizni soʻraymiz.
Aks holda, xodimlarning mehnat huquqlari buzilgan deb baholanib, ish beruvchilarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddalariga asosan javobgarlikka tortilishiga sabab boʻlishini eslatib oʻtamiz.
Hurmatli ish beruvchilar!!!
O‘zingiz va qo‘l ostingizdagi mehnatkashlarning huquqlarini poymol qilinishiga yo‘l qo‘ymang.
Hurmat bilan, Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi