Янгиликлар
Янгиликлар
2024-10-18
Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida “Huquqiy savodxonlik soati” tashkil etilib, unda bosh boshqarma xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida” gi 143-sonli Farmoni, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli, “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 347-sonli qarorlarining mazmun mohiyati tushuntirilib o‘tildi. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-210-sonli Qarorining 2-ilovasi 13-bandida belgilangan vazifalar tushuntirib o‘tildi.
Yuqoridagi farmon, qarorlarning ijrosi yuzasidan “Huquqiy savodxonlik soati” ishtirokchilari o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.