Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

VILOYATDA "KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH" OYLIGIGA START BERILDI

error

2024-11-17

Davlatimiz rahbarining “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-81-son qarori va Korrupsiyaga qarshi Milliy Kengashning 16-bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida, viloyat hokimining tegishli farmoyishi asosida Toshkent viloyatida joriy yilning 13-noyabr sanasidan 13-dekabr kuniga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish" oyligiga start berildi.


Mazkur oyda poraxoʻrlikning oldini olish, unga olib boruvchi omillarga qarshi kurashish, korrupsiyaviy holatlarni tahlil etish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan profilaktik va targʻibot tadbirlari, shuningdek, ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish rejalashtirilgan.