Yangiliklar
Yangiliklar
2024-11-20
Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida targ‘ibot va tashviqot tadbirlari o‘tqazildi.
Xabaringiz bor, joriy yil 10-noyabrdan 10-dekabrgacha “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” etib belgilangan edi. Bosh boshqarma boshlig‘i Z.Yo‘ldashov tomonidan tizimdagi korrupsion holatlar haqida keng tushunchalar berildi.
Bosh boshqarma bosh mutaxassisi M.Salimov, bosh yuriskonsult M.Mamadaliyevalar tomonidan ham korrupsiya xavfiga qarshi kurashishni ta’minlashga qaratilgan bir qator xalqaro-huquqiy hujjatlar haqida ham ma'lumotlar berildi.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 25-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘RQ 982-son Qonunining mazmun mohiyati va ahamiyati tushuntirib o‘tildi.