Yangiliklar
Yangiliklar
2025-11-18
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Adminstratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari, Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda Nurafshon shahar Nurafshon MFY binosida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Ushbu yarmarkada Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi. Yarmarkada 12 ta korxona tashkilotlar 373 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Shuningdek 39 nafar ishsiz fuqarolar ushbu yarmarkada ishtirok etishdi shundan 8 nafariga ishga joylashishlari yuzasidan yo‘nalish berilib, 4 nafari kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi.
Toshkent viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing