Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Toshkent viloyati aholisi diqqatiga!

error

2025-07-18

Yurtimizda fermerlik va dehqonchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, har bir qarich yerni unumli ishlatish orqali bandlikni ta’minlash va daromadni oshirishga qaratilgan islohotlar izchil davom etmoqda.

Shu maqsadda, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joylardagi aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklariga ijaraga berilgan yer maydonlaridan oqilona foydalanish, ularda yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Toshkent viloyatining 782 ta mahallasida 2025 yil uchun jami 41 ming 72 gektar yerda takroriy ekinlar ekish belgilangan bo‘lib, buning 25 815 gektari aholi tomorqalari, 15 257 gektari esa dehqon xo‘jaliklariga tegishlidir.

Mo‘ljalga ko‘ra:

21 969 gektarga sabzavot,

2439 gektarga poliz,

4011 gektarga kartoshka,

6902 gektarga dukakli ekinlar,

4566 gektarga ozuqa ekinlari,

1180 gektarga moyli ekinlar ekiladi.

Ayni paytda, 19 902 gektar maydonda takroriy ekinlar ekish ishlari boshlab yuborilgan.

Hurmatli fuqarolar!

Sizning tomorqa va ijara yerlaringizdagi har bir yetishtirilgan mahsulot nafaqat oilaviy farovonligingiz, balki butun yurtimiz iqtisodiyotiga qo‘shilgan hissadir. Shu bois, ushbu yer maydonlaridan samarali foydalanish — ham fuqarolik burchimiz, ham iqtisodiy imkoniyatimizdir.

Agarda yerlar qarovsiz qoldirilsa yoki ekin ekish ishlari amalga oshirilmasa, quyidagi cheklovlar joriy etiladi:

➖Davlat dasturlari doirasida beriladigan imtiyozli kreditlardan mahrum etilish;

➖Ijtimoiy himoya yagona reyestridagi imtiyozlar to‘xtatilishi;

➖«Online Mahalla» tizimi orqali aniqlangan holatlarda yer solig‘i uch karra miqdorda hisoblanadi. 

Bu cheklovlarning oldini olish uchun har bir fuqaro o‘z yer maydonini o‘z vaqtida va samarali ishlatishi, mahallaning iqlim va ixtisoslashuvidan kelib chiqib, yuqori daromadli ekinlarni ekishi zarur.

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu muhim vazifani mas’uliyat bilan bajarishga, tomorqa va ijara yerlaridan unumli foydalanishga chaqiramiz.

Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi