Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” boshlandi

error

2025-11-10

Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda uning tizimidagi bo‘linmalarda faoliyat yuritayotgan xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish, shuningdek, qonunchilik va ichki tartib qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida joriy yilning 10-noyabrdan 10-dekabriga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” e’lon qilindi.

Mazkur oylik doirasida:

🔹 “Biz korrupsiyaga qarshimiz”,

🔹 “Korrupsiyaga qarshi kurashish – har birimizning burchimiz”,

🔹 “Korrupsiyani birgalikda yengamiz”

shiorlari ostida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshiriladi.

Tadbirlarning asosiy maqsadi — korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, xodimlarda qonun ustuvorligi tamoyillarini mustahkamlash va jamiyatda halollik, adolat hamda poklik muhitini keng yoyishdan iborat.