Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Toshkent viloyatida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish

error

2025-12-04

Chirchiq shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i B.Dalimov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga qatiy rioya etishlari hamda oldilarida turgan xizmat vazifalariga sidqi dildan yondashgan holda o‘z xizmat faoliyatlarini olib borishlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar va ogohlantirishlar berib o‘tildi. Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Salimov so‘zga chiqib, Toshkent viloyatida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” dagi masalalar va Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining 2025-yil 19 avgust kunidagi ICH- 61-sonli buyrug‘i ijrosi bo‘yicha topshiriqlar berdi hamda bugungi kunda davlatimiz tomonidan butun O‘zbekiston xududida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish yuzasidan bir qator ijobiy ishlar olib borilayotganligi, shunday bo‘lsada xali xanuzgacha ayrim salbiy xolatlar aniqlanib turganligini shu bois yig‘ilishda ishtirok etayotgan xokim yordamchilariga O‘zbekiston fuqarosi sifatida bu borada tegishli xulosa chiqarib, korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan tashabbuskor bo‘lishlarini ta’kidlab va bu borada qabul qilingan Qonun xamda normativ huquqiy xujjatlar bilan tanishtirdi. Shuningdek hokim yordamchilarining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaviy holatlarni minimallashtirish maqsadida bir qator profilaktik tadbirlarga qaramasdan tizimda korrupsiyaviy holatlar yuqori ekanligini ta’kidladi.