Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Konstitutsiyaga rioya va xolis davlat xizmatini mustahkamlash

error

2025-12-05

Boshqaruv samaradorligi agentligi Toshkent viloyati filiali hamda Nurafshon tumanlararo Ma’muriy sud organi hamkorligida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi xodimlari uchun navbatdagi ma’rifiy-targ‘ibot, shuningdek, "Ochiq eshiklar kuni" tadbirlari o‘tkazildi.Uchrashuv davomida mamlakatimiz Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi o‘rni, har bir fuqaro uchun teng imkoniyatlar yaratish, adolatli va shaffof xizmat ko‘rsatishning dolzarb ahamiyati atroflicha yoritildi. Ishtirokchilarga xolis davlat xizmatini shakllantirish, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish har bir davlat xizmatchisining bevosita majburiyati ekani alohida ta’kidlandi.